Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi

JUMANIYOZOV MANSUR
Bo'lim boshlig'iJUMANIYOZOV MANSURАдрес электронной почты защищен от спам-ботов. Для просмотра адреса в вашем браузере должен быть включен Javascript.
Tel: 99 739 09 99
Kоrrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining asosiy faoliyat turlari va maqsadi:
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvar kunidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5927-son farmoni hamda boshqa bir qator me’yoriy hujjatlar asosida olib boradi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi muassasaning tarkibiy bo‘limi hisoblanib, o‘z vakolatlari doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri direktorga bo‘ysunadi hamda oliy o‘quv yurtida “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini olib borishni ta’minlaydi.
Bo‘lim oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish bilan birga, “Korrupsiyasiz soha” loyihasini muassasa miqiyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, institut huzuridagi tibbiy davolash klinikasi va akademik litseyning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Bizning manzil

220100, O'zbekiston Urganch shahri Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy ttaurgfil@urgfiltma.uz

Xarita

Search