Karyera markazi

Xudaybergenov Xayitboy Sotimovich
Markaz boshlig'iXudaybergenov Xayitboy SotimovichАдрес электронной почты защищен от спам-ботов. Для просмотра адреса в вашем браузере должен быть включен Javascript.
Tel: +998914262070
“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yilning 16-iyun kuni o’tkazilgan 34-sonli yig’ilish bayoni ayrim bandlari ijrosini ta’minlash to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 23-iyuldagi 314-sonli buyrug’i hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligidagi 2022-yilning 4-mart  kuni “Oliy ta’lim muassasalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilash to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 19-sonli bayoni va “Talabalar ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini ta’minlash” bo‘yicha Respublika komoissiyasi majlisining 1-sonli bayonida belgilangan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “Karyera markazi” tashkil qilindi.

Karyera markazining maqsad va vazifalari
  • Talabalarga mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari asoslari, mehnat bozorida mos vakansiyalar izlash ko’nikmalari, ishga kirish uchun rezyumini tayyorlash va ish beruvchi bilan suhbatdan o’tish usullarini o’rgatish, ishga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar bilan tanishtirish;
  • Iqtisodiyot tarmoqlarining ilg’or mutaxassislari va ekspertlarini jalb qilgan holda talabalarni kasbga yo’naltirish, mehnat bozoridagi mavjud va istiqboldagi holat, muayyan kasbga, ish joylariga va ish beruvchilarga, istiqbolli korxonalarga oid zamonaviy ma’lumotlar bilan tanishtirish;
  • Mehnat organlari, ta’lim muassasalari, manfaatdor idoralar va tashkilotlar ishtirokida ish o’rinlari yarmarkalari, karyera kunlarini tashkil etish va talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatga qiziqishlarini kuchaytiruvchi tadbirlarni amalga oshirish;
  • Oliya ta’lim muassasasining mutaxassislar tayyorlash, bitiruvchilarni ishga joylashtirish, mazkur oliy ta’lim muassasasini muqaddam tamomlagan bitiruvchilarning hozirgi mehnat faoliyati (karyerasi) to’g’risida hamda ushbu yo’nalishdagi boshqa tahliliy materiallarni tayyorlash va nashr qilish.

Bizning manzil

220100, O'zbekiston Urganch shahri Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy+998 (62) 224 84 84

  • dummy ttaurgfil@urgfiltma.uz

Xarita

Search