Xalqimiz tibbiyot xodimlarini dunyodagi eng ulug‘ kasb egalari, o‘z qasamyodiga sodiq, fidoyi insonlar sifatida biladi, mashaqqatli mehnatini yuksak qadrlaydi. Ayniqsa, TTA Urganch filiali bolg‘usi tibbiyot mutaxassislarini tayyorlovchi maskan bo‘lganligi sababli ham, bu kasbning mas’ulyati va zahmatini chuqur his qiladi. Yurtimizda, shifokorlar va tibbiyot xodimlari tomonidan olib borilayotgan sa’y-harakatlar natijasida, tibbiyot sohasida ko‘plab yutuqlarga erishilib, fuqarolarning turli kasalliklarga chalinishi o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli darajada kamaydi. Sizdek jonkuyar va fidoyi soha xodimlarini aholi salomatligi yo‘lidagi o‘rningiz beqiyosdir.
Siz, aziz sog‘liqni saqlash posbonlarini, tibbiyot sohasi uchun yuksak malakali qadrlar tayyorlashda xizmat qilayotgan professor va o‘qituvchilarni, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ma’muriyati va shaxsan o‘z nomimdan ushbu qutlug‘ sana bilan chin-dildan muborakbod etaman.
Aholi salomatligini saqlash yo‘lida amalga oshirayotgan ishlaringizda omad va muvofaqqiyat, faoliyatingizda yangi yutuqlar, mas’ulyatli va sharafli ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman.

TTA Urganch filiali direktori R.Y.Ruzibayev