2023-yilning 16-mart sanasida TTA Urganch filiali yoshlar masalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.S. Yusupov rahbarligida “Referendum – 2023: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Referendum va yoshlar" mavzusida talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda referendum tushunchasining mazmun-mohiyati, yangilanayotgan Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat ekanligi va unda yoshlarga, ayniqsa, taʼlim sohasiga alohida eʼtibor qaratilayotganligi haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar oldilar.